Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Ato» guruhi xonandasi Shuhrat Kamalov uylandi!
10 Sen, 2014

«Ato» guruhi xonandasi Shuhrat Kamalov uylandi!

Shuhrat Kamalov nikoh oqshomiKecha 9-sentyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan «Zebu zar» to’yxonasiga barcha yulduzlar jamlanishdi. Yulduzlarni bir joyda jamlanishlariga sabab esa «Ato» guruhi xonandasi Shuhrat Kamalovning nikoh oqshomidir. Mazkur shodiyonaga SB.uz portali ijodiy jamoasi ham tashrif buyurdi.

Albatta biz har bir tashrif buyurgan tadbirimizdan fotoreportaj tayyorlab, siz azizlarga taqdim etib kelmoqdamiz. Kecha 9-sentyabr sanasida juda ko’p joylarda bo’lishimizga to’g'ri keldi. Mana shu tadbirlardan tayyorlangan reportajlar esa birin-ketin sizlarga havola qilinib kelinmoqda.
Har bir san’atga aloqador insonning nikoh to’yida haqiqiy yulduzlar yog’dusini kuzatishingiz mumkin. Shuhratning to’yida ham xuddi shunday bo’ldi. Biz borgan paytimizda ko’rgan yulduzlarni sanab o’tishimiz mumkin. Tohir Sodiqov, Ulug’bek Rahmatullaev, Sardor Rahimxon, Otabek Madrahimov, Oybek va Nigora, Ravshan Sobirov, Firdavs, Dj Rustambek, «MarkaZ» guruhi, «Bojalar» guruhi, Mirjamol, Daler, Zamira Beshimova, Aziz Rametov, «Million» jamoasi va boshqalar mazkur kechada ikki yoshni qutlash uchun jam bo’ldilar. Biz ham o’z o’rnida SB.uz portali ijodiy jamoasi va muxlislari nomidan «Ato» guruhi xonandasi Shuhrat Kamalovni kuyovlik mavqeiga erishganligi bilan muborakbod etamiz. Baxtingizga ko’z tegmasin! Kelajakda kelinimiz Fotimaxon bilan shirindan shakar farzandlarning ota-onasi bo’lib yurishingiz nasib etsin!

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 221 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *