Assalom, Navro’z!!!
Bugun yangi kun bayrami, bugun Navro’z!!! Yangilanish va yosharish bayrami. Fasllarning eng orziqib kutiladigani ham menimcha aynan bahor fasli bo’lsa kerak. Bahor faslining ichida esa eng katta bayram bu so’zsiz Navro’zdir. Bugun yurtimizda bayrami kayfiyati hukm surmoqda.
Har bir xonadonda bayram nishonlanmoqda. Hamma hursand va quvnoq. Zero, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugun Navro’z bayrami. SB.uz portali ijodiy jamoasi portalimizning doimiy muxlislarini bugungi ajoyib bayram bilan chin dildan muborakbod etib qoladi. Har kuningiz bugungi kun kabi bayramona kayfiyatda o’tishiga tilakdoshmiz. Yangi kun muborak, Navro’z muborak azizlar!!!