Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Asalxo’jaevalar konsertidan fotoreportaj!!!
20 Fev, 2016

Asalxo’jaevalar konsertidan fotoreportaj!!!

Asalxo'jaevalar konsertiAyni kunlarda, ya’ni 19-20-21 fevral kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Mavluda hamda Guli Asalxo’jaeva o’zlarining ajoyib konsert dasturlarini keng ommaga taqdim etishmoqda. Har kuni muxlislar bilan to’lib toshayotgan «Istiqlol» saroyidan SB.uz portali siz azizlar uchun maxsus fotoreportajni taqdim etadi.

Mavluda hamda Guli Asalxo’jaeva mazkur konsert dasturiga uzoq tayyorgarlik ko’rishganligi shundoqqina ko’rinib turadi. Chiroyli dekoratsiya, yurtimizning eng ko’zga ko’ringan raqqosalari tomonidan ijro etilayotgan bir-biridan ajoyib raqslar, eng sara va yangi taronalar nafaqat tashrif buyurgan muxlislarni, balki har kuni kelayotgan yulduzlik mehmonlarni ham xushnud etmoqda. Konsert dasturini Milliy Akademik Drama teatrining mohir aktyor va aktrisalari Rihsitilla Abdullaev hamda Dilnoza Kubaevalar olib borishmoqda. Agarda siz mazkur konsert dasturiga hali tushishga ulgurmagan bo’lsangiz, oldinda yana 1 kunlik konsert qolgan. Konsert zalga tashrif buyursangiz, balki omadingiz kelib chipta topib qolarsiz. Uzoq safarda yoki bo’lmasa, konsertga tushishga imkoni bo’lmaganlar uchun esa SB.uz portali tomonidan tayyorlangan maxsus fotoreportaj sizning e’tiboringiz markazida.

Quyida siz azizlar uchun konsert davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *