Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Art by Sofia»ning yangi do’koni ochildi!!!
10 Okt, 2016

«Art by Sofia»ning yangi do’koni ochildi!!!

Art by Sofia magazinKuni kecha, 8 oktyabr kuni «Art by Sofia» brendi o’zining yangi do’konini ochilish marosimini va yangi liboslari ko’rgazmasini tashkil etdi. Ushbu ko’rgazmada «Art by Sofia»dan tashqari yana bir qator modeler dizaynerlar o’z liboslari ko’rgazmasini o’tkazishdi.

«Art by Sofia»ning yangi do’koni metroning «Novza» bekatida joylashgan «Oltin markazi» binosining 3-qavatida joylashgan bo’lib, modalar ko’rgazmasi ham aynan mana shu yerda bo’lib o’tdi. Yuqori darajada tashkillashtirilgan ushbu ko’rgazmaga o’zbek estradasi va kino olamining bir qator yulduzlari, «Rio-2016″ olimpiadasida O’zbekiston nomini yuksaklarga ko’targan g’olib sportchilar, OAV hodimlari va albatta moda ishqibozlari tashrif buyurdilar. Ko’rgazma avvalida barcha modeler dizaynerlar haqida alohida-alohida batafsil ma’lumot berib o’tildi. Shu bilan bir qatorda «Art by Sofia»ning yangi do’koni ochilish marosimi ham bo’lib o’tdi. Ko’rgazma davomida tashrif buyurgan mehmonlar va moda ishqibozlari ishtirokida turli qiziqarli o’yinlar ham bo’lib o’tdi. G’oliblar esa «Art by Sofia» va boshqa brend ostida faoliyat yuritayotgan modelerlardan turli sovg’alarga ega bo’lishdi. Ko’rgazma yakunida aktrisa Halimaxonim, xonanda Nargiz so’zga chiqib. tashkilotchilarga omad tilashdi. Estrada xonandasi Kaniza esa o’zining ajoyib qo’shiqlaridan biri bilan ko’rgazmaning badiiy qismiga yakun yasab berdi.
Biz ham o’z o’rnida «Art by Sofia»ga ulkan omadlat tilab qolamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *