Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Noy, 2006

Anora va Yaponiya… ularni nima bog’laydi?

AnoraAnora. Yosh iste’dod edasi bo’lgan bu xonanda bugungi kunda jonli ijroda eng yaxshi kuylay oldaigan xonandalarda biriga kirsa ajab emas. Zero, u o’zining jozibador ovozi bilan barchani lol qoldirib kelmoqda. Bugun uni nafaqat O’zbekistonda, balki Yaponiyada ham tanishadi! Qiziq Anora bilan Yaponiyani nima bog’lab turadi?Anora yoshligidan yapon millatiga, ularning urf-odatlariga, san’atiga ixlos qo’ygan. Asta-sekinlik bilan yapon tilini va madaniyatini o’rgana boshlagan. «Seylormun» nomli multiplikatsion film Anorada kun chiqar o’lkaga bo’lgan muhabbatini uyg’otdi desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Oradan ko’p o’tmay Anora «Sobani ite» nomli yapon tilidagi taronasini yozdi. A’lo darajada ijro etilgan mazkur sokin tarona uning Yaponiyada o’z albomini chiqarishiga asos bo’la oldi. 4ta qo’shiq o’rin egallagan «Sobani ite» nomli albomi mana bir qancha vaqtlardan buyon Yaponiy musiqa bozorida sotilmoqda. Ayni kunda Anora Yaponiya o’z prodyuseriga ham ega! Shuningdek, Yaponiyada Anoraning shaxsiy web-sahifasi tashkil etilgan. Siz mazkur web-sahifaga kirib Anora haqida ma’lumot ham olishingiz mumkin. Menimcha, yuqoridagi ma’lumotlar Anora bilan Yaponiyaning orasidagi bog’liqlikni bemalol nimadan iborat ekanligini bildira oladi. Lekin, bir savol tug’iladi. Nega Anora Yaponiyada ijod qila qolmaydi? Balki u Yaponiyaga ham yo’l olar yaqin orada? Albatta bu savollarga tez kunda javob olishga harakat qilamiz. Hozircha esa Anoraning Yaponiyada tashkil etilgan web-sahifasiga marhamat qiling ANORA WEB-SAHIFA !!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *