Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Iyul, 2006

Andijonda nima bo’ldi yoxud "Bojalar"ga qilingan dag’dag’a…

Bojalar14 iyul kuni Andijon shahrining Amfiteatrida «Bojalar», «Radius 21″, «Afruz» guruhlari va Mirjamol ishtirok etgan konsert dasturi haqida bizga turli xil xabarlar yetib keldi. Emishki, Andijonga, konsertga yuqorida nomlari zikr etilgan xonandalarni taklif qilgan Abdulla ismli shaxs konsert boshlanishidan avval xonandalarga kelishilgan pulni to’lashga kelishgan holda taklif qilgan. Biroq, konsert zalga xonandalarimiz yetib kelgach, pulni berish u yoqda tursin, hattoki estradamiz vakillariga do’q-po’pisa qilgan holda konsertda ishtirok etishga majbur qilgan…

Agarda konsertda ishtirok etishdan bosh tortadigan bo’lishsa, litsenziyasini olib qo’yishini va militsiya xodimlari ularni qamab qo’yishini aytishgan ekan. Konsertda xonandalarimiz mardlik qilib, muxlislar hurmati uchun oxirigacha o’z kuy-qo’shiqlari bilan ishtirok etib bo’lishgach, konsert tashkilotchisi bo’lmish Abdullani izlashga tushishgan. Biroq, Abdulla u yerda yo’q bo’lgan. Allaqachon ketib ulgurgan ekan. Odamlar orasida qolib ketgan xonandalarimizni o’sha yerlik bir qator ishbilarmon yigitlar ularni holatini tushungan holda vaziyatdan olib chiqib ketishgan va choyxonada mehmon qilib kuzatib qo’yishgan. Buni qarangki, konsertni tashkillashtirgan odam chetda qolib, o’sha san’atkor do’stlarimizga umuman tanish bo’lmagan yigitlar bir piyola choyini berib kuzatib qo’yishgan.

Bizga kelgan bu xabarlarni tasdiqlash uchun biz «Bojalar» guruhiga murojaat qildik va ulardan yuqorida gap-so’zlar darhaqiqat to’g'ri ekanligini aniqladik. Shu o’rinda bir savol tug’iladi endi ular yana taklif bo’lsa Andijonga boradilarmi? Bu savolga «Bojalar» guruhi «Yo’q!!!» deya javob berdi. Nahotki endi Andijonda bizning yulduzlarimiz ishtirokida konsert bo’lmasa? Bunday hollarda kim javobgar-u, kim bunday hodisalarni oldini oladi? Bu kabi yolg’onchi konsert tashkilotchilariga nisbatan chora ko’radiganlar yo’qmi? Bu kabi savollar juda ham ko’p. Lekin…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *