Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ana-ana… Nilufar Usmonova!!!
9 Yan, 2013

Ana-ana… Nilufar Usmonova!!!

Nilufar UsmonovaNilufar Usmonova so’nggi paytlarda internet olamining eng faol ishtirokchilaridan biriga aylanib qolgan. Uni tez-tez turli ijtimoiy tarmoqlarda ko’rishimiz mumkin. Shaxsiy hayotida tushgan fotosuratlaridan boshlab, ish jarayonidagi fotosuratlarini ham o’zining profillarida taqdim etib bormoqda. Bu hol albatta muxlislarga qiziq. Ammo, uning yangiliklaridan ham boxabar bo’lish istagida yurgan muxlislar talaygina topiladi.

Nilufar Usmonova ayni damda o’zining «Ana-ana» nomli taronasini prem’era qilishga taraddud ko’rmoqda. Mazkur qo’shiq musiqasi va aranjirovkasi Jasur Abdurahmonovga tegishli, so’zlari esa Bobur Umarov tomonidan yozilgan. Ana endi prem’era haqida so’zlasak. «Ana-ana» taronasi kelgusi haftada radioto’lqinlar uzra jarang socha boshlaydi. Shuningdek, kelayotgan haftada klip suratga olish ishlari ham boshlanishi ko’zda tutilgan. Klip kim tomonidan suratga olinishini esa Nilufar hozircha sir saqlashga qaror qildi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 7 278 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *