Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Apr, 2009

Alisher Rahmatullaev sevib qoldi!(mi?)

Alisher RahmatullaevUmidli xonanda Alisher Rahmatullaev sevib qolibdi. So’nggi paytlarda aynan shunday mish-mishlar ko’p tarqalmoqda. Aytishlariga qaraganda, Alisher Rahmatullaev bir qizni sevib qolib, uning ortidan xorijga, Angliyaga yo’l olmoqchi…

Bunga oydinlik kiritish maqsadida Alisherning mobil telefoniga qo’ng’iroq qilsak, xonanda administratori Axror qo’ng’iroqqa javob berdi va hozirda aeroportda ish bilan yurganliklarini, Alisher telefonga javob bera olmasligini ma’lum qildi. Bundan chiqdi, bu mish-mish haqiqatga yaqin ko’rinadi. Shuningdek, Alisher tez kunda o’zining yangi 4 taronasini muxlislarga taqdim etish niyatida. «Setora» guruhi bilan birgalikda kuylagan taronasiga esa klip suratga olish ishlari bilan ovora. Klip g’oyasiga ko’ra, guruh qizlari 3 xil millat vakili bo’lar emish, Alisherchi?!…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *