Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Noy, 2011

Alisher Rahmatullaev qaytdi!!!

Alisher RahmatullaevBizning portalimizda shov-shuvli mavzu! Deyarli 3 yil oldin yo'q bo'lib ketgan xonanda Alisher Rahmatullaev barchani hayratda qoldirib yana san'at olamiga kirib kelmoqda! OAV hodimlariga hozirgi kunda Alisher hech qanday ma'lumot berishni istamayapti. Faqatgina bizga eksklyuziv ma'lumotlarini taqdim etdi.

Ayni damda Alisher Rahmatullaev 4ta bastakor bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Shuningdek, u yangi prodyuser bilan ish boshlagan. Biroq, Alisher bastakorlarni ham, prodyuserining ham ismlarini hozircha oshkor qilmoqchi emas. Bu xonanda bilan bog'liq bo'lgan barchani qiziqtiradigan mavzu albatta Alisher Rahmatullaevni ijodni tark etishiga majbur qilgan voqea! Bu voqea haqidagi hamma savollarga javobni esa Alisher yangi qo'shiq va unga ishlangan klip bilan javob berish uchun hozirlik ko'rmoqda. Shu sababdan ham voqeaga oid savollarga izoh berishdan bosh tortmoqda. Mazkur qo'shiq nomi va uning ijodkorlari bilan keyinroq tanishtirib o'tamiz. Shuningdek, xonandaning muxlislar uchun yangi yilga bag'ishlangan sovg'asi mavjud. Bu sovg'ani ham biroz kutishimizga to'g'ri keladi. Tez orada Alisher Rahmatullaevni yangi imij va yangi ko'rinishda ijodga qaytmoqda. Biz ham Alisher bilan ko'rishmaganligimiz sababli, uning yangi imiji qanday bo'lishini hozircha bila olmadik. :)

 

Alisher Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *