Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Dek, 2008

Alisher Rahmatullaev hamda Shukur: «Devona»!!!

Alisher Rahmatullaev va ShukurPortalimiz aziz muxlislari uchun estrada olamida yuz beryotgan eng sara yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz. Yosh ijodkor Alisher Rahmatullaev haqida so’nggi paytlarda bot-bot yozmoqdamiz. Zero, u hozirda ijodga bor mehrini va shijoatini bag’ishlagan. Uning ijodiy izlanishlarini yoritish esa albatta bizning zimmamizda! Bugun Alisher Rahmatullaev hamda Shukur ijrosidagi duet tarona bo’lmish «Devona»ni prem’era tariqasida siz azizlarga havola etamiz. Ishonamizki, sizga mazkur tarona ham ma’qul keladi.

Mazkur tarona hali hech bir radioto’lqin orqali qo’yib eshittirilmaganligini alohida e’tiborga oling! Yangi taronani eng birinchi bizning portal orqali tinglang! Taronani tinglash uchun «Audio Time» loyihasiga tashrif buyurish kifoya!
Ayni damda Alisher Rahmatullaev yangi bir katta loyiha ustida ish olib bormoqda. Ushbu loyiha aslida qanday? Unda kimlarning hizmatlari bor? Bu savollarga qisman javob berib o’tamiz.
Alisher Rahmatullaevning yangi va ilk loyihasi — bu uning ilk musiqiy albomidir! Mazkur albomdan o’rin olajak taronalarning 5tasi hozirda tayyor! 22tasining ustida esa ayni damda harakatlar ketmoqda.
17dekabr kuni Alisher Rahmatullaev «TOP 10″ gala-konsertida ishtirok etadi, albatta «Chora-chora» taronasi bilan!
Alisher Rahmatullaev bilan hamkorlik qilayotgan ijodkorlar ro’yhati bilan quyida sizni tanishtirib o’tamiz:

Matn: Shahnoz, Timur
Musiqa va aranjirovka: Shahnoz, Rustam To’lashev, Shukur («Fazo»), Suhrob Kenjaev, Botir Aliev
Klipmeyker: Jasur Shametov
Stil va imij bo’yicha yordam: «Zara» kompaniyasi
Administrator: Ahror Imomxo’jaev
Prodyuser: Botir Imomxo’jaev
Bosh axborot ko’magi: SB.uz portali

Alisher Rahmatullaev va Shukur

Alisher Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *