Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Alisher Fayz konsertidan fotoreportaj!!!
15 May, 2014

Alisher Fayz konsertidan fotoreportaj!!!

Alisher Fayz 2014 konsertO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Alisher Fayz 2014-yilgi konsert dasturlarini boshlab oldi. 14-maydan boshlangan ushbu yakkaxon konsert dasturining ilk kunida biz ham mehmon bo’lib qaytdik. Mazkur konsert dasturidan maxsus fotoreportaj esa bugun sizlarga tortiq etilmoqda.

Ko’plab muxlislarga ega bo’lgan xushovoz xonanda Alisher Fayzning bu yilgi konsert dasturi juda ham ko’tarinki ruhdan start oldi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Muxlislar suygan eng sara taronalar bilan bir qatorda yangi qo’shiqlar ham ushbu konsert dasturida ijro etildi. Har bir qo’shiq qarsaklar ila qarshi olindi. Deyarli, barcha sho’x taronalarida «Istiqlol» saroyini to’ldirib o’tirgan muxlislar raqsga tushdilar. Birgalikda kuyladilar. Xullas, bir so’z bilan aytganda o’zlari uchun haqiqiy bayramni tashkillashtirib oldilar. Konsert dasturini so’z ustasi Botir Imomxo’jaev olib bordi. Orada Botir Imomxo’jaev va Ma’mur Holmedov birgalikda qiziqarli bir sahna ko’rinishini ham namoyish etdilar. Shuningdek, ilk bor katta sahnaga Alisherning ukasi Xurshid Turdiev ham o’z qo’shig’i bilan chiqdi. Kuylangan taronlar ichida shaxsan meni e’tiborimni tortgan qo’shiq bu Rayhonga atab kuylangan hazilomuz qo’shiq bo’ldi. Alisher ustozi Ozodbek Nazarbekovning «Rayhon senga uylanaman» taronasidan ruhlangan holda bu qo’shiqni ijro etganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Qo’shiq haqida ko’p so’z aytishimiz mumkin. Ammo, uni yaxshisi bir tinglasangiz qanday tarona chiqqanligini shohidi bo’lasiz. Konsertning ilk kuniga tashrif buyurgan mehmon san’atkorlar ichida O’zbekiston Xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mavluda Asalxo’jaeva, «E’tirof-2013″ sovrindori Ziyoda, aktrisa Halima Ibrohimova va boshqalarni ko’rishingiz mumkin edi. Biz Alisher Fayzga mazkur o’tib borayotgan konsert dasturida omadlar tilab qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 768 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *