Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 May, 2006

Aktyor va aktrisalar xonandalikka da’vogar!!!

Zarina NizomiddinovaBiz so’nggi paytlarda xonandalarimizni turli xil filmlarda o’z aktyorlik mahoratlarini sinab ko’rayotganliklariga guvoh bo’layotgan edik. Ana endi, aktyor va aktrisalarimiz ham o’zlarini qo’shiqchilik borasida sinab ko’rishga qaror qilishgan ko’rinadi. Bunga yaqqol misol tariqasida ajoyib aktyor Ulug’bek Qodirov hamda iste’dodli aktrisa, sizlarga «Romeo va Jul’etta» filmidagi Jamila, ya’ni Jul’etta obrazi orqali yaxshi tanish bo’lgan Zarina Nizomiddinovalarni ko’rsatishimiz mumkin. Ulug’bekning ilk yakkaxon qo’shig’i chiqqan bo’lsa, Zarina yosh xonanda Shahriyor bilan duet ijro etdi. «Mening yuragimda» deb nomlangan mazkur tarona juda ham ajoyib tarzda ijro etilganini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli.
Agar ahamiyat berayotgan bo’lsangiz Zarina hamda Shahriyor so’nggi paytda juda ko’p birga namoyon bo’lishmoqda. Aniqroq aytadigan bo’lsak, birgalikda «Seni ko’rdim» klipida suratga tushishdi va birgalikda duet ijro etishdi. Ular orasida biror tuyg’u bor, degan hayolga borish hech gap emas… 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *