Akmal Nazarov: «Yig'lagan ko'zim»!
Yosh umidli xonandalardan biri Akmal Nazarov, ijodidagi ilk taronasi ustida ish olib bormoqda. Uning ilk taronasi «Yig'lagan ko'zim» deb nomlanadi…
Akmal Nazarov, ko'plab serial, film va video kliplardagi o'ziga xos obrazlari bilan barchaga ma'lum. Endilikda xonanda sifatida o'zini namoyon qilishni rejalashtirgan. Akmal Nazarovning ushbu taronasining so'zini Iroda Qurbonova, musiqasini Shaxboz Sound Pro yozgan. Tez orada FM to'lqinlari orqali Akmal Nazarovning «Yig'lagan ko'zim» nomli taronasining prem'erasi bo'lib o'tadi.