Akmal Nazarov estradada yangilik olib kira oladimi?
Yosh xonanda Akmal Nazarov haqida sizga bir qator ma’lumotlar havola etishga tayyormiz. Umidli estrada vakili yangi taronalar ustida qizg’in ish olib borayapti. Unga ustozi Anvar Sanaev san’at sirlarini o’rgatib, yordam berib kelmoqda.Yaqin kunlarda siz uning yangiliklaridan batafsilroq boxabar bo’lishingiz mumkin bo’ladi. Akmalning yana bir e’tiborli so’zi shundaki u: «Men o’zbek estradasiga yangilik olib kiraman!» deb ta’kidlamoqda. Buni albatta vaqt ko’rsatadi!