Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Avg, 2010

«Akfa-media»da nima gaplar?

Akfa-media«Akfa-media» kompaniyasi xonandalari ijod qilishda ko'p xonandalardan o'zib ketmoqdalar, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Har hafta ulardan biror bir yangilikka guvoh bo'lmoqdamiz. Bugun sizning e'tiboringizga yana yangi ma'lumotlarni havola qilamiz.

Jamshid ishtirokida 2 klip!

Avval xabar berganimizdek «Bojalar» guruhi hamda Jamshid ijrosidagi duet taronaga klip suratga olindi. Klip  tayyor, tez orada TV kanallari orqali namoyish etila boshlanadi. Eslatib o'tamiz, mazkur duet tarona  «Firibgar» filmi uchun saundtrek tarzida kuylangan. Shuningdek, Jamshid Timur so'zi, Furqat Bobojonov  musiqasi bilan kuylagan «Baxtliman» taronasiga ham klip suratga tushirtirmoqda.

Sirojiddinni endi ko'zgudan so'rang…

Asosan milliy yo'nalishda ijod qilib kelayotgan «Akfa-media» xonandasi Sirojiddin ham «So'ra ko'zgudan» nomli  yangi qo'shiq yozdi. Qo'shiq musiqasi Musaxon Nurmatov ijodidan, so'zini esa Axad Qayumov yozgan. Ayni kunda  ushbu qo'shiq uchun klip suratga olish ishlari boshlanmoqda.

Ruhshona Mustaqillikka bag'ishlab qo'shiq kuyladi

O'z ijodiga jiddiy yondoshib yangi qo'shiqlar hozirlayotgan Ruhshona Mustaqillik ayyomiga bag'ishlab, «Bilak  uzugim» nomli yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Xonanda qo'shiqning milliy ohangi va ajoyib so'zlari  tinglovchiga manzur bo'lishiga umid qilmoqda. Mazkur qo'shiq matni Ibrohim Jiyanov qalamiga mansub bo'lsa,  musiqasi Adham tomonidan bastalangan.

Ziyodadan sirli duet!

Estradamizning maftunkor yulduzi Ziyoda o'zining uchinchi albomi ishlarini nihoyalab, yana yangi qo'shiqlar  ustida ish olib bormoqda. Javlon Shodmonov suratga olayotgan «Kichkina xo'jayin» filmi uchun Ziyoda duet  tarona kuylamoqda. Ammo, xonanda duetdosh kim ekanligini hozircha sir saqlashga qaror qilgan. Ishonamizki,  tez orada ushbu duetdoshni ham kim ekanligidan xabardor bo'lamiz. Nima bo'lgan taqdirda ham duet tarona  yuqori darajada chiqishiga ishonamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *