Akfa-media.uz o’z faoliyatini boshladi!
«Akfa-media» kompaniyasi o’z rasmiy saytini tashkil qilish arafasida ekanligi haqida avval xabar bergan edik. Mana oradan ko’p vaqt o’tmasdan rasmiy sayt ham o’z faoliyatini boshladi. Endilikda ushbu saytga tashrif buyurib, «Akfa-media»ga oid barcha ma’lumotlardan xabar topishingiz mumkin bo’ladi.
«COOL» — dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu saytdan «Yangiliklar», «Biz haqimizda», «Hizmatlar», «Texnika», «Aloqa», «Mehmonxona» hamda «Yulduzlar» kabi sahifalar o’rin egallagan. www.akfa-media.uz manziliga tashrif buyurib, siz nafaqat kompaniya haqida, balki Oybek va Nigora hamda Ziyoda haqida ham xabarlar topishingiz mumkin.