«Akfa Media» tinimsiz harakatda…
Barchaga ma'lumki, «Akfa Media» prodyusserlik markazi yangi chehralarni «dunyo keltirish» bilan band. Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid shular jumlasidandir…
Sirojiddin ijrosidagi «Qolmayin kuyib» qo'shig'iga ishlangan klip TVM telekanali orqali muxlislar e'tiboriga xavola etilmoqda. Jamshid ijodiga qiziquvchilar esa shu kunlarda «Kezaman» qo'shig'ini FM to'lqinlari orqali tinglashyotgani ayni haqiqat. Darvoqe, Ruhshona, Sirojiddin va Jamshid respublikamiz viloyatlari bo'ylab ilk gastrol turnelarini amalga oshirishmoqda.