Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Okt, 2012

«Akfa-media» prodyuserlik faoliyatini to'xtatdi!!!

Akfa-mediaBugungi kunning eng dolzarb yangiligi «Akfa-media» ijodiy markazining prodyuserlik faoliyatini yakunlaganligi bo'ladi. Kutilmagan bu yangilik barchani birdek hayratga solsa ajab emas. Xabaringiz bor bugungi kunda Ruhshona, Sirojiddin hamda Umidaxon «Akfa-media» kompaniyasining prodyuserligi ostida ijod qilayotgan edi. Endi esa ular yakkaxon!!!

Barchamizga ma'lumki, 2005 yil oxiri, 2006 yil boshlarida o'z faoliyatini boshlagan «Akfa-media» prodyuserlik markazi qisqa muddat ichida o'zini nimalarga qodir ekanligini barchaga ko'rsatib qo'ya oldi. «Radius 21″, Ziyoda hamda Oybek va Nigora bilan ishni boshlagan «Akfa-media» juda ham qisqa vaqt ichida o'z imkoniyatlarini ishga solib, ularni eng mashhur yulduzlar qatoriga kirita oldi. Vaqt soati kelib, ular bilan shartnoma muddati yakuniga yetgach xonandalar xohishiga ko'ra shartnoma yangilanmadi va ular yakkaxon tartibda ishni davom ettiradigan bo'ldilar. Undan so'ng esa Ruhshona va Sirojiddin «Akfa-media»ga qabul qilindi, ko'p o'tmay ular safiga Umidaxon ham kelib qo'shildi. Bugungi kunda har uchchala xonandaning ham reytingi yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lib turganligi ham hech kimga sir emas. Biroq, endilikda «Akfa-media» ijodiy uyi ba'zi sabablarga ko'ra o'z prodyuserlik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Aslida xonandalarning shartnoma muddati yakuniga yetishiga hali ancha vaqt bor edi.
Bugundan boshlab Ruhshona, Sirojiddin hamda Umidaxon «Akfa-media» prodyuserlik markaziga tegishli emas. Ular yakkaxon tartibda o'z ijodlarini davom ettiradilar. 30 oktyabr kuni «Akfa-media» rahbariyati bu 3 nafar yosh xonandalarga omad tilagan holda yakkaxon ijod qilishlari uchun imkoniyat yaratib berdilar. Bundan so'ng «Akfa-media» ijodiy uyi xonandalarga prodyuserlik qilmaslikka qaror qildilar. Umid qilamizki, Ruhshona, Sirojiddin va Umidaxon kelgusi ijodlarini chiroyli ravishda olib bora oladilar.

Ruhshona

Sirojiddin

Umidaxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 147 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *