Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Iyul, 2010

«Akfa-media» kompaniyasidan yangiliklar dastasi!

Akfa-media«Akfa-media» kompaniyasi xonandalari tinimsiz ijod qilishda davom etmoqdalar. Sirojiddin, Ruhshona, Jamshid va Ziyoda birdamlikda bir qator ijod namunalarini keng ommaga taqdim etishda davom etmoqdalar. Bugun ularning ijodiga oid yangiliklarni sizga ma'lum qilamiz.

«Akfa-media» prodyuserlik markazi xonandasi Sirojiddinning «Bor-baraka» taronasi tayyor bo'lganiga unchalik ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ammo, ijodiy guruh mazkur qo'shiqqa ham klip suratga tushirishni maqsad qilib qo'yishgan. Yaqin kunlarda ushbu qo'shiqqa klip suratga olish ishlari ham boshlab yuboriladi. Biz o'z o'rnida Sirojiddin va uni qo'llab turgan ijodiy guruhga mashaqqatli ishlari oldidan omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Ayni kunlarda TV kanallari tomonidan reklama roligi taqdim etilayotgan «Firibgar» filmi ham «Akfa-media» kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi. Yaqindagina ushbu filmning montaj ishlari o'z nihoyasiga yetdi. «Firibgar» kartinasida siz Jahongir Poziljonov, Rajab Adashev, Oydin Yusupova, Erkin Komilov, Murod Rajabov kabi ko'plab taniqli kinoyulduzlarni ko'rishingiz mumkin. Mazkur film uchun Ziyoda hamda Sirojiddin tomonidan maxsus saundtrek ham kuylangan. Yaqin orada mazkur saundtrek videosini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Yosh estrada xonandasi Jamshid «Akfa-media» prodyuserlik markazi qoshida o'zining navbatdagi taronasini yozib tugatdi va bu qo'shiq «Baxtliman» deb nomlandi. Hozirda ushbu qo'shiq uchun klip suratga olish g'oyalari o'ylab chiqilmoqda. Tez orada klipni ham muxlislar hukmiga havola etilsa ajab emas. Darvoqe, qo'shiq uchun klipni taniqli klipmeyker va rejissor Yodgor Nosirov suratga tushiradi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *