Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Avg, 2009

«Akfa-media» iste’dod egalariga tanlov e’lon qiladi!

Akfa Media«Akfa-media» kompaniyasi yosh iste’dod egalarini o’z bag’riga chorlaydi. Qo’shiqchilik, bastakorlik, shoirlik, aktyorlik, raqqosalik, DJlik, xullas ijodning deyarli barcha turida o’z iste’dodini namoyon eta oladigan yoshlarga keng imkoniyat eshigini ochmoqda. Barcha istovchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha ijodga qiziquvchilar, ijodkorlar, iste’dod egalari 20 avgustdan 25 avgustga qadar «Akfa-media» ijodiy markaziga murojaat qilishlari mumkin. O’z iste’dodi bilan «Akfa-media» ijodiy jamoasi talabini qondira olgan iste’dod egalari ushbu ijodiy markaz a’zoligiga qabul qilinadi va ish bilan ta’minlanadi. Imkoniyatingizni qo’ldan boy bermang. Murojaat uchun telefon: (+99897) 4480110.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *