Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Noy, 2007

Akbar bosh rolda!

AkbarAjoyib teleboshlovchi hamda xonanda Akbar, o’zining turfa taronalari bilan o’z muxlislariga ega bo’lib kelmoqda. Shu kungacha o’nlab qo’shiqlarning mohir ijrochisi hisoblanadi. Ayni damda esa, Akbar o’zini kinoda ham sinab ko’rmoqda.Yangi suratga olinayotgan film qanday nomlanishi hozircha sir tutilmoqda. Rejissor Ravshan Norboev. Ushbu filmda bosh yigit rolini iste’dodli xonanda va TV-Markaz telekanalining ajoyib boshlobchisi Akbar hamda qiz rolini Oydin Yusupova ijro etmoqda. Yaratilayotgan film ko’pchilik ijodkorlar uchun debyut hisoblanadi. Bosh prodyuser, rejissor va Akbar shular jumlasidan. Mazkur film uchun Akbar ijrosidagi «Apelsin sharbati» taronasi yangicha talqinda kuylanib, ajoyib saundtrek tariqasida taqdim etilishi ko’zda tutilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *