Doniyor Agzamovdan tez kunda yangi klip!
2012 yil sentyabr oylarida bastakor Doniyor Agzamov o’zining «Farishtaginam» nomli musiqasini keng ommaga klipi bilan taqdim etgan edi. Ushbu klipni mini-film sifatida baholangani ham hech kimga sir emas. Ajoyib musiqa va unga ishlangan dardli videomahsulot hech kimni befarq qoldirmadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
O’sha videoni tasvirga tushirgan ijodiy jamoa, ya’ni rejissor Dilmurod Agzamov hamda operator Yodgor Nosirov yana bir «Farishtaginam» kabi videomahsulot ustida bosh qotirishmoqda. Doniyor Agzamovning yangi musiqasiga suratga olinadigan klipning ssenariysi ustida hozirda ish olib borilmoqda. Tez orada klipni suratga olish ishlari ham boshlab yuboriladi. Yangi musiqa nomini esa ijodkorlar hozircha sir saqlab turishibdi. Bu haqida yana keyinroq to’xtalib o’tamiz.