Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ahad Qayum ijodiy kechasidan fotoreportaj!!!
10 Dek, 2014

Ahad Qayum ijodiy kechasidan fotoreportaj!!!

Ahad Qayum 2014 konsertBugun SB.uz portali bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Ulardan birinchisi yosh shoir Ahad Qayumning ijodiy kechasi bo’ldi. Ushbu ijodiy kechada o’zbek estradasining bir qator xonandalari tashrif buyurishdi. «Turkiston» saroyining qishki binosida bo’lib o’tgan konsert dasturi 2 seansda namoyish etildi.

Biz ushbu konsert dasturining birinchi seansiga, ya’ni soat 14:30da bo’lib o’tgan dasturiga tashrif buyurdik. Konsert dasturini oxiriga qadar bo’la olmagan bo’lsakda, siz azizlarga imkon qadar mazkur ijodiy uchrashuv haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz. Ahad Qayumning konsert dasturida ishtirok etgan xonandalar juda ko’pchilikni tashkil etdi. Ular orasida Hilola Hamidov, G’iyos Boytoev, Ilhom Farmonov, Dilso’z, Sardor Rahimxon, Alisher Fayz, Lola Ahmedova, Anvar Sanaev, Yodgor Mirzajonov, Samandar Hamroqulov, Aziz Rametov, Yulduz Nizomova kabi xonandalarni ko’rishingiz mumkin edi. Shuningdek, mehmonlar safida Otabek Mahkamov, Tesha Mo’minov, Sug’diyona Azimov, Dilmurod Agzamov kabi san’at olami vakillarini ham bor edi. Afsuski bizning bugungi kun uchun rejalarimiz ko’p bo’lganligi sababli «Turkiston» saroyini erta tark etishimizga to’g'ri keldi. Biz Ahad Qayumga kelgusi ijodida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 020 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *