Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Afruz» guruhi xonandasi Muzaffar farzandlik bo’ldi!!!
12 Fev, 2015

«Afruz» guruhi xonandasi Muzaffar farzandlik bo’ldi!!!

Muzaffar Afruz roddomBugun 2015-yilning 12-fevral sanasida «Afruz» guruhi xonandasi Muzaffar yaqindagina dunyoga kelgan farzandini do’stlari bilan birgalikda tug’uruqxonadan olib chiqdi. SB.uz portali ijodiy jamoasi ham Muzaffarni quvonchiga sherik bo’lgan holda yonida yelkadosh bo’ldi.

Muzaffarning farzandiga Ibrohim, deb ism qo’yishdi. Bu ismni Muzaffarni otasi qo’yganligi ma’lum bo’ldi. Erta tongdan Muzaffarni xonadoniga bir qator yulduzlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Doston Ubaydullaev, Aziz Rajabiy, Shohruhxon, Muhammad Ali, suxandon Xusan va boshqalar. So’ngra barcha do’stlar birgalikda tug’uruqxonaga tashrif buyurdik. Buni ko’rgan shifokorlar, akusherlar bu qadar ko’pchilik bir farzandni olib chiqish uchun shu paytga qadar tashrif buyurmaganini aytib o’tishdi. Ayniqsa, yulduzlardan tashkil topgan bu tarkib hammani diqqatini tortdi. Tug’uruqxonadan eson-omon kichkintoyni olib, birgalikda Muzaffarni uyiga qaytdik. Biroz Muzaffarni quvonchiga sherik bo’lgach, hamma asta-sekinlik bilan o’z ishiga yo’l oldi.

Quyida siz azizlar uchun hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 298 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *