Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Iyun, 2007

Abduvalining nikoh kechasi…

Abduvali Rajabovning nikoh kechasiEstradamiz yulduzi Abduvali Rajabovning nikoh kechasi ham bo’lib o’tdi. 2007 yil 14 iyun kuni yana bir baxtiyor oila - Rajabovlar oilasi bunyod bo’ldi. Juda ham fayzli va chiroyli o’tgan nikoh oqshomi haqida eng haqqoniy ma’lumotlar va eksklyuziv fotosuratlar e’tiboringizga tortiq etilishga tayyor.

Nikoh oqshomi taklifnomada ko’rsatilganidek «Ko’hinur» restoranida 19:00da boshlandi. Biroq asosiy qism 20:00da «start oldi». Nikoh oqshomini taniqli boshlovchilarimiz Rixsitilla Abdullaev hamda Nigora Karimboevalar olib borishdi. Kechani o’zbekona karnay-surnay navolari ochib berdi. So’ngra, O’zbekiston Xalq artisti G’ulomjon Yoqubov tabrik so’ziga chiqdi. Ana shundan so’ng birin-ketin «Xo’ja» guruhi, «Setora» guruhi, Nilufar Usmonova, Shahriyor, Manzura, Bojalar, G’iyos Boytoev, Shahnoz, «Radius 21″, Oybek va Nigora, Ziyoda, Davron Ergashev, Samandar, Yodgor Mirzajonov, Sherkhan va yana ko’plab estradamiz yulduzlari tabriklab, o’z qo’shiqlaridan bir juftdan ijro etdilar. Kechaga to’planganlar orasida OAV xodimlarini ham ko’rishimiz mumkin edi. Ha darvoqe, kuyov jo’ralik vazifasini ajoyib tarzda Doston Ubaydullaev bajardi…

Abduvali Rajabovning nikoh kechasi

Abduvali Rajabovning nikoh kechasi

Abduvali Rajabovning nikoh kechasi

Yanada ko’proq fotosuratlardan yaqin soatlarda bahramand bo’lasiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 219 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *