Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Abduvali Rajabovning «Sog’inar» klipi jarayonidan…
18 Dek, 2013

Abduvali Rajabovning «Sog’inar» klipi jarayonidan…

Abduvali Rajabov - Sog'inarYaqindagina siz azizlarga Abduvali Rajabov o’zining «Sog’inar» nomli taronasiga klip suratga tushirish harakatida yurganligini ma’lum qilgan edik. Kuni kecha mazkur qo’shiqqa klip suratga olish ishlari ham bo’lib o’tdi. Ushbu klipni tasvirga olish jarayonidan eksklyuziv fotolavhalar sizlarning e’tiboringizga tortiq etiladi.

Alisher Tayr so’zi va musiqasi, Jasur Badalboev aranjirovkasi bilan kuylangan «Sog’inar» taronasiga ishlangan klip ssenariysi ustida Jamshid Xojiniyozov hamda Yodgor Nosirovlar ishlashgan. Klip rejissori Yodgor Nosirov. Grim ustasi Renata Iskandarova. Klipdagi rollarni Beruniy, Anvar, Alisa, Feruza va boshqa yosh aktyorlar ijro etishgan. Klipni trek sahnalarida Abduvali Rajabovning o’zi ham namoyon bo’ladi. Klipni suratga olish jarayonidan fotolavhalarni bizga taqdim etgan Jamshid Xojiniyozovga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Tez kunda Abduvali Rajabovning «Sog’inar» klipini ham siz azizlarga taqdim etamiz, degan umiddamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 549 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *