Abduvali Rajabovdan yangi klip
O'zbek estradasida o'ziga hos o'ringa ega xonanda Abduvali Rajabov shu kunlarda tinmay izlanishda desak hato bo'lmaydi. Chunki u o'z muxlislariga bu yil ko'plab musiqiy sovg'alar taqdim etish niyatida. Albatta bu hali hammasi emas.
Abduvali Rajabovning estradaga kirib kelishida katta yordam bergan inson, prodyusser hamda radioboshlovchi Jamshid Hojiniyozov bilan yana birgalikda ishlay boshladi. Ushbu hamkorlik mevasi sifatida ayni kunlarda uning «Hotira» qo'shig'iga ishlangan klip TV ekranlari orqali namoyish etilib kelinmoqda. Bu hali hammasi emas, ayni kunlarda Rustambek Hudoyberganov (DJ Rustambek) matni hamda Sarvar Rahmatho'jayev musiqasi asosida yaratilgan «Visoling olis» qo'shig'iga Yodgor Nosirov rejisserligi ostida klip suratga olindi. Ushbu klipni hamda eng so'nggi fotosessiyadan olingan fotosuratlarni bugun sizga taqdim etamiz. Marhamat, tomosha qiling hamda baho bering.
Abduvali Rajabov — Visoling olis klipini ko'chirib olish
Abduvali Rajabov — Visoling olis klipini tomosha qilish