Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Okt, 2007

Abduvali Rajabovdan tojikcha tarona!

Abduvali RajabovBir necha yillardan buyon o’zbek estrada osmonida porlab kelayotgan Abduvali Rajabov o’z muxlislari uchun kutilmaganda bir emas, balki ikki taronani taqdim etmoqda. Qizig’i shundaki, Abduvali Rajabov ijodida ilk bor tojik tilida qo’shiq kuyladi.Birinchi tarona kuz mavsumiga bag’ishlangan bo’lib, aranjirovkasi Shahriyor Otaxo’jaev ijodiga, so’zlari esa Ibrohim Jiyanov qalamiga mansub. Ikkinchi tarona esa tojik tilida kuylangan bo’lib, musiqasi yana o’sha Shahriyor Otaxo’jaev ijodidan, so’zlari Bobur Bobomurod qalamiga mansubdir. Hozirda taronalar nomi sir tutilmoqda. Lekin bu bilan Abduvali Rajabov to’xtab qolmoqchi emas. Ushbu taronalardan biriga klipmeyker Nozim Jumaev (BVS Studio) bilan birgalikda klip olish ishlari ham boshlab yuborilgan. Demak, tez kunlarda Abduvali Rajabovdan eng yangi diltortar taronalarni kutib qolamiz…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *