Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Iyul, 2009

Abdurahmon Poziljonov (Jahongirning akasi) bilan suhbat!

Jahongir PoziljonovHozirgina Jahongir Poziljonovning akasi Abdurahmon Poziljonov bilan suhbatda bo’ldik. Ushbu suhbat davomida bizni qiziqtirgan bir qator savollar bilan Abdurahmon Poziljonovga murojaat etdik. Marhamat, ushbu suhbatdan bahra oling va o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oling!

SB.uz: Assalomu Alaykum, Abdurahmon aka!
A.P: Vaaleykum Assalom, yaxshimisan Mirtohir?
SB.uz: Rahmat oka, uzr kecha qo’ng’iroq qilib sizni bezovta qilishni istamadik. Jahongir Poziljonovning ahvollari yaxshimi?
A.P: Yaxshi rahmat. Hozirda hammasi yaxshi. Jahongirni ahvoli yaxshi. Jarrohlik ishlari ham kecha yaxshi o’tdi. Ayni damda Jahongir dam olmoqda.
SB.uz: Biz «Bojalar»ning barcha muxlislari va SB.uz portali foydalanuvchilari hamda ijodkorlari sizlar bilan birgamiz. Jahongirning sog’liklari uchun duodamiz. Ishonamizki, tez orada hammasi ortda qoladi.
A.P: Rahmat! Jahongir ham barcha muxlislarini sevadi. Hammasi asta-sekin ortda qolmoqda. Shifokorlar doimiy ravishda nazorat qilib bormoqdalar.
SB.uz: Javlon hamda Shahzodning ahvollari qanday?
A.P: Ular ham ancha yaxshi ahvoldalar. Ular ham doimiy ravishda shifokorlar ko’rigidalar.
SB.uz: Turli xil mish-mishlarga oydinlik kiritib o’tsak. Mish-mishlarga ko’ra, Jahongirning oyoqlari kesib tashlangan emish?
A.P: Yo’q, bunday emas. Mish-mishlarga o’rin yo’q. Kecha jarrohlik ishlari amalga oshirildi. Oyoqlari «gips» qilingan. Jarrohlik ishi yuqorida aytganimdek, yaxshi o’tdi. Havf ortda qoldi. Bunday mish-mishlarga ishonmanglar.
SB.uz: Yana bir mish-mish xabarga o’zingiz javob berib o’tsangiz. Emishki, Jahongir Poziljonov Toshkentdagi shifoxonalarning birida davolanayapti va uni sir saqlashmoqda…
A.P: Bu xabar ham noto’g'ri. Biz hozirda Termiz shahrida joylashgan shifoxonadamiz.
SB.uz: Toshkentga qachon qaytishingiz haqida biror xabar bera olasizmi?
A.P: Hozircha aniq emas. Nasib qilsa tez orada!
SB.uz: Savollarga javob berganingiz uchun tashakkur. Butun o’zbek xalqi nomidan Jahongir Poziljonovga shifo tilab qolamiz.
A.P: Rahmat sizlarga ham! Haqqoniy ma’lumotlarni yetkazayotganiniz uchun tashakkur!

Yuqorida sizga va’da qilingan intervyuni taqdim etdik. Ishonamizki, ushbu suhbatdan so’ng barcha asossiz xabarlarga ishonchingiz to’xtaydi. Mish-mishlar ketidan quvgandan ko’ra, Jahongirga sog’liq tilang azizlar!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 126 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *