Abbosxon Shohruhxon bilan duet kuylaydi!
Bugungi kunda san'at olamiga kirib kelayotgan aksariyat xonandalarning ijodi tanaffuslarga boy holatda ko'rinayotgani ayni haqiqat. Ijodkor xonanda Abbosxon esa bular qatoriga kirmasligi ko'pchilikka ayon. Mahzun ashulalari bilan yoshlarni lol qoldirgan qahramonimiz esa yaqin kunlarda o'zining «Yomg'ir» deb nomlangan taronasiga klip olish ustida bosh qotirmoqda.
Mazkur taronaga klipni «New sky» production a'zosi Odil suratga olishi rejalashtirilgan. Montaj ishlarini qoyilmaqom qilib ishlash esa rus xonandasi Nyushaning kliplarini montaj qilib o'z o'rnini topgan Sasha ismli yigitga yuklatilgan. O'ylashimizcha bu bilan Abbosxon muxlislariga sovg'a tayyorlamoqchi. Xonandaning ta'kidlashicha bu hali hammasi emas ekan. Tez kunlarda muxlislar Abbosxondan yana 2ta yangi tarona qabul qilib olishlari mumkin ekan. Yangi taronalarning matnlari «100%» guruhining xonandasi Timur hamda Yakzonga ishonib topshirilgan ekan. Aranjirovkalarini esa Renat Bobojonov va Mirsaid ismli ijodkorlar ishchi variantini tayyorlab ham qo'yishgan ekan. Eng qizig'i bulardan tashqari xonandamiz duet kuylash ishlarini ham boshlab yuborgan. Kim bilanligini esa zo'rg'a bilib oldik. Ajoyib ovoz sohibi Shohruhxon bilan. Abbosxonning muxlislari uchun bundan ortiq yangilik bo'lmasa kerak. Tez kunlarda xonandaning yangi fotojamlanmasi ham saytimizdan joy olishi ko'zda tutilgan.