Abbosxon «Sevmay» deya sevib qoldimi?…
Yosh xonanda Abbosxon estrada olamiga endigina kirib kelayotganligiga qaramay, uning san'atda o'z o'rnini topish uchun qilayotgan harakatlariga tan bermay ilojingiz yo'q. Bu hali hammasi emas. Xonanda «Sevmay» taronasi sababli sevib qolgan ko'rinadi…
Gap shundaki, xonanda shu kunlarda «Orzu Kino» studiyasida o'zining «Sevmay» taronasiga klip suratga oldirish ishlari bilan band. Klip rejisseri Murod Saidzod bo'lib, ushbu klipda montaj ustalarining ustaliklari evaziga ajoyib grafik ko'rinish hosil qilinmoqda. Klipda yosh aktrisa Luiza Rasulova xonandaga hamrohlik qiladi. Albatta ushbu hamrohlik faqatgina klipdagi jarayonda muhabbatga aylanadi. Hayotda esa ular do'st. Yaqin kunlarda ushbu taronaga ishlangan klipni birinchilar qatorida bizning portaldan ko'chrib olishingiz va tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.