Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 May, 2010

9-may «Xotira va qadrlash kuni»!

Xotira va qadrlash kuni9-may! Ushbu kun yurtimizda «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonalanadi. Bundan 65 yil muqaddam aynan shu kuni 2-Jahon urushi o'z nihoyasiga yetib, Germaniya fashizmi ustidan g'alaba qozonilgan…

1941-1945 yillarda qurbon bo'lgan hamyurtlarimizning yorqin xotiralari, ularning jasorati shu kuni yana bir bor yodga olinadi. Ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999-yilda muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida poytaxtimizning «Mustaqillik maydoni» yonida motamsaro ona haykali bunyod etilib, «Xotira bog'i» qurildi. Urushda vafot etganlarning ismi-shariflari zarhal harflar bilan temir kitoblarga bitilgan. Shuningdek, urushdan omon qolgan fahriylarimizning xol-ahvollaridan ushbu kunda yana bir bor xabar olinadi… Ushbu kun munosabati bilan SB.uz portali barcha urush fahriylarini ushbu bayram bilan muborakbod etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 312 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *