Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Yan, 2007

7 kun studiyada yozilgan tarona…

Sardor RahimxonSardor Rahimxon ijodiga mansub yangiliklarga so’nggi paytlarda talab katta. Sardor Rahimxon esa shu talabni so’ndirmaslik uchun ijodni sira to’xtatmayapti. Ana endi esa bir qator taqdirlash marosimlarida g’oliblikka erishgan xonanda ijodida yana kutilmagan yangiliklarga quloq tutamiz.Sardor Rahimxon ijodida ajoyib yangilik. Sardor Yulduz Usmonova musiqasi Erkin Vohidov so’zi bilan «Azganush» nomli yangi qo’shiq ijro etmoqda. Qo’shiq sokin hamda romantik ohanglarga boy. Bu taronadan avval esa boshqa bir duet tarona muxlislar ko’ngli tomon armug’on etiladi. Bu ham bo’lsa O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva bilan ijro etilgan qo’shiq. Aynan mana shu duetga keladigan bo’lsak, u «Ko’zlaringda baxtni ko’rsam bas» deb nomlanadi. Fevral oyida mazkur qo’shiq keng omma e’tiboriga taqdim etiladi. Sardorning do’sti Ulug’bekdan bir ma’lumotni bilib olishga muyassar bo’ldik, uning ta’kidlashicha bu taronaga juda ham katta kuch va juda ham katta harajat talab etilgan emish. 6 ta jonli musiqa asbobi, 7 kun studiyadida qo’shiqni yozish jarayoni, aranjirovka 4 xil ko’rinishda yaratilib, ulardan faqatgina birigina talabga javob berishi e’tiborga molik. Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Oybek Aliev so’zi, Jasur Badalboev aranjirovkasi natijasida ajoyib duet tarona dunyoga kelmoqda. Nasib qilsa mazkur qo’shiqqa klip ham suratga olinadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *