7-8-9-10 mart kunlari «Bolalar» guruhi lazer shousi!!!
Har yili odatga ko’ra «Bolalar» guruhi va Tohir Sodiqov o’zining shou-konsert dasturini taqdim etadi. Mana bu yil ham odatdan chetlashmagan holda u o’zining navbatdagi shousi uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborgan. 7-8-9-10 mart kunlari muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida «Bolalar-shou» bo’lib o’tadi.
O’tgan yillardagi kabi konsert dasturida siz ajoyib lazer shousidan ham bahramand bo’lishingiz mumkin. Albatta, odatga ko’ra Tohir Sodiqov o’z muxlislarini xushnud etish uchun tayyorlab qo’ygan yangi hit taronalari hamda 90-yillar hitlarini ham tinglab xordiq chiqarishingiz mumkin. Bunday shou dastur har doim ham bo’lavermaydi. Shunday ekan, 7-8-9-10 mart kunlari soat 19:00da «Bolalar» guruhining ayollarga atalgan bayramona lazer shousiga tashrif buyuring. Aks holda yil bo’yi afsuslanib yurishizga to’g'ri keladi.