Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Fev, 2012

2ta Shahzodaga qarshi 2ta Gollivud yulduzi!

Photo CupSB.uz portalining ajoyib loyihalaridan biri hisoblanadigan «Photo Cup», ya'ni Birinchi Fotosuratlar Chempionati ham o'z yakuniga yaqinlashib bormoqda. Finalga ham oz qoldi, hozir yarim final baxslari bo'lib o'tmoqda.

Chorak final bosqichida kechgan o'yinlar davomida murosasiz kurashlarga duch keldik. Farruh Soipov va Angelina Jolie juftligida Farruh Soipov imkoniyatni boy berdi. Alisher Uzoqov va Jessica Alba esa 7 kunlik ovoz berish jarayonida g'oliblikka kim loyiq ekanligini aniqlay olmadilar. Shundan so'ng yana qo'shib berilgan bir kundan keyin Gollivudning mashhur aktrisasi Alisherdan g'oliblikni tortib oldi. Dilnoza Kubaeva hamda Shahzoda o'rtasidagi baxsda favorit birinchi kunning o'zidanoq yaqqol ajralib ko'rinib qoldi. Bu Shahzoda edi. Yana bir Shahzoda, ya'ni bugungi kunda eng omadli aktrisalardan biri hisoblanadigan Shahzoda Matchonova «Kurtlar Vadisi Pusu» filmi qahramoni Necati Şaşmaz bilan kurash olib bordi. Mazkur juftlikda keling yaxshisi Necati Şaşmaz Shahzodaga yo'l berdi, deya qolaylik. Xullas, Natijada ikki Shahzodaga, ikki Gollivud malikalari yarim finalda to'qnash kelishdi.
Angelina Jolie va Shahzoda, Jessica Alba hamda Shahzoda Matchonova yarim finalda kim kuchli ekanligini aniqlash maqsadida kurashga kirishdilar. 7 kundan so'ng g'oliblarni aniqlab olamiz. Qiziq, o'zbeklar yutarmikin yoki xorij yulduzlarimi?

 

«Photo Cup» loyihasida ovoz berish uchun yo'llanma

 

Photo Cup

Chorak final natijalari
1

Farruh Soipov
1416

Angelina Jolie
2

Alisher Uzoqov
1718

Jessica Alba
3

Dilnoza Kubaeva
1221

Shahzoda
4

Shahzoda Matchonova
1816

Necati Şaşmaz

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 141 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *