Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2015 yil muborak bo’lsin azizlar!!!
1 Yan, 2015

2015 yil muborak bo’lsin azizlar!!!

Mirtohir New Year 2015Mana juda ham tezkorlik bilan o’tgan 2014 yil ham yakuniga yetdi. 2015 yil kirib keldi. 2014 yil har birimizga balki quvonchlik, balki g’am-qayg’ulik onlarni taqdim etgandir. 2014 yilni kimdir sog’inadi, yana kimdir esa hattoki yodga olishni ham istamasligi mumkin. 2015 yil barchamiz uchun hayrli kelsin!!!

SB.uz portali 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab jiddiyroq faoliyat yurita boshlaganidan xabaringiz bor. Unga qadar esa tan olamiz, u qadar shiddat bilan ishlay olmagan edik. Biroq, endi nasib qilsa unday bo’lmaydi. Faqat va faqat olg’a intilamiz. Siz azizlar kutgan va kutmagan yangiliklarni, yangi g’oyalarni taqdim etamiz. Biz birinchi bo’lib tashkil etilgan o’zbek tilidagi o’zbek shou-biznesini yorituvchi internet resurs hisoblanamiz. Shuning uchun ham biz nomimizga yarasha, birinchilikda ijod qilishmiz talab etiladi. Bunga esa barcha imkoniyatlar yetarli. Bulardan mana endi foydalanamiz! Umid qilamizki, 2015 yilda siz azizlar bizning portalimizda zerikib qolmaysiz. Eng muhim yangiliklarda eksklyuziv ravishda voqif bo’lib borasiz. Biz siz azizlar uchun faoliyat yuritamiz. Yangi loyihalarimiz juda ko’p, ular haqida keyinroq birma-bir sizlarni tanishitirib boramiz. Azizlar, 2015 yil barchamizga muvaffaqiyatli kelsin. Baxtli onlarga to’la bo’lsin. Barchamizning xonadonimiz fayzu-barakaga to’lsin. Ijodkorlarga ijodiy parvozlar tilaymiz! Yangi 2015 yil yana bir bor barchamizga muborak bo’lsin!!!

Mirtohir New Year 2015


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 753 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *