Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Dek, 2012

2013 yilning ilk albom taqdimotiga taklif etamiz!

Shoira Otabekova - Tabassum albom2012 yildagi bizning yaqin hamkorlarimizdan biri sifatida faoliyat yuritgan «Nirvana» musiqiy do'konlari tarmog'i yana navbatdagi albomni sotuvga chiqarish arafasida. Yangi albom Shoira Otabekovadan bo'ladi. Shoiraning yangi albomi «Tabassum» deb nomlangan bo'lib, uning taqdimotiga barcha muxlislar ham tashrif buyurishlari mumkin. Qanday qilib deysizmi? Hozir buni bilib olasiz.

2013 yilning ilk albom taqdimoti aynan Shoira Otabekovadan bo'ladi. 2013 yil 10 yanvar kuni soat 18:00da Mirobod ko'chasi 2da, «Grand Mir» mehmonxonasining yonida joylashgan «Nirvana» musiqiy do'konida Shoira Otabekovaning «Tabassum» albomi taqdimoti bo'lib o'tadi. Unda shaxsan xonandaning o'zi ham ishtirok etadi. Siz ushbu kunda yangi albomni dastxat bilan birgalikda qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
«Tabassum» albomidan Shoiraning yangi 16ta qo'shig'i, shuningdek 30ta shu kunga qadar ijro etilgan eng sara qo'shiqlari va bonus tarzida «Guli» qo'shig'iga ishlangan klipi ham o'rin olgan.

Shoira Otabekova - Tabassum albom

Shoira Otabekova - Tabassum albom


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 384 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *