19 yanvarda Dilso'zdan prem'era!!!
19 yanvar kuni yosh estrada xonandasi Dilso'z o'zining «Begim» nomli yangi taronasini muxlislar hukmiga havola qiladi. Ushbu qo'shiq prem'erasi «Vodiy sadosi» hamda «Zamin FM» radiolarida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Zamonaviy musiqani bo'ysuntira olgan Dilso'zga, milliy yo'nalish quyib qo'ygandek yarashganiga guvoh bo'lasiz. Ra'no Yarasheva so'zi Iqbol Muhammadjonov musiqasi hamda Dilmurod Madkarimov aranjirovkasi bilan yozilgan ushbu taronaga klip ham tayyor. Rustam Murodov hamda Mirmaqsud Oxunov tomonidan ishlangan ushbu klipni, yaqin orada saytimiz orqali taqdim etamiz.