Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Fev, 2007

14 aprel… 14 yo’nalish… "Tarona taqdimoti"…

Tarona mukofotiO’zbek shou-biznesida eng nufuzli hisoblanmish mukofot bu so’zsiz «Tarona» mukofoti! Eng nufuzli konsert ham «Tarona taqdimoti»dir… 8 marotaba o’tkazilayotgan «Tarona taqdimoti» haqidagi eng aniq ma’lumotlar bilan tanishing.

Shu kunga qadar estradamizda hech bir mukofot taqdimoti 8 yil davomida beto’xtov o’tkazilmagan va o’z saviyasini bu qadar ushlab tura olmagan. Bugungi kunda eng orziqib kutilayotgan shou-dastur ham aynan man shu dastur ekanligi hech kimga sir emas. 14 aprel kuni muhtasham Xalqlar Do’stligi saroyida bo’lib o’tajak, taqdimotga o’ziga hos o’zgartirishlar va yangiliklar kiritildi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, ba’zi bir yo’nalishlar olib tashlanib, ularning o’rniga zamon talabiga monand holda yangi yo’nalishlar kiiritildi. Barcha 14 yo’nalish quyidagicha ko’rinish olgan:

1) Yilning eng yaxshi musiqa muallifi
2) Yilning eng yaxshi aranjirovka ustasi
3) Yilning eng yaxshi matn muallifi
4) Yilning eng yaxshi guruhi
5) Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi
6) Yilning eng yaxshi klip ustasi
7) Yil dueti
8) Yilning eng yaxshi erkak xonandasi
9) Yilning eng yaxshi ayol xonandasi
10) Yil yangiligi
11) Yilning eng yaxshi Hip-Hop va Rep ijrochisi
12) Yilning eng yaxshi saundtreki
13) Yilning eng yaxshi albomi
14) Yil taronasi

Tez kunda mazkur yo’nalishlar bo’yicha asosiy da’vogarlar ro’yhati bilan ham sizni tanishtiramiz. Shuni alohida ma’lum qilamizki, internet tarmog’i orqali to’planadigan ovozlar aynan bizning portalimiz — www.Shou-bizneS.uz orqali qabul qilinadi. Siz ham o’z sevimli xonandangiz yoki ularning ijod mahsullarini qo’llab-quvvatlashingiz mumkin.

Tarona mukofoti

Tarona taqdimoti 2006

Tarona taqdimoti 2006


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 141 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *