Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Iyul, 2009

«100 %» guruhidan kichik so’rovnoma!

100 % guruhiEstrada olamida ko’plab guruhlar ijod qilib kelishmoqda. Shulardan biri «100 %»dir. Guruh a’zolari Timur hamda Sherzod muxlislar talab va istaklariga muvofiq ijod qilishni o’z oldilariga avvaldan maqsad qilishgan. Anchagina tanaffusdan so’ng, «100 %» guruhi yana ijodda! Ularning ilk taronalari hamda unga ishlangan ajoyib video klip yana FM va TV kanallari orqali namoyish qilinmoqda…«100 %» guruhi bu bilan chegaralanib qolmasdan, kuni kecha «Radiostansiya» nomli yangi qo’shig’ini yozib tugatdi. Aytishlariga qaraganda, tez orada FM to’lqinlari orqali aziz muxlislar uchun jarang sochishni boshlaydi. Timur hamda Sherzod tinglovchilar orasida kichik bir so’rov o’tkazishni rejalashtirishgan. Guruh ikkinchi klipni qanday yo’nalishdagi taronaga ishlagani ma’qul? Sho’x yoki ma’yus? Javoblaringizni izohlar orqali yozib qoldirishingiz so’raladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *