Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Apr, 2009

«100%» guruhi nega ijoddan to’xtadi? Oydinlik…

100 % guruhiO’zbek san’at olamiga yaqindagina kirib kelgan yangi guruhlardan biri «100%» qisqa fursat ichida «Qattan shuncha mahorat» taronasiga ishlangan klipi bilan muxlislar qalbidan chuqur joy egallashga ulgurgan edi. Lekin so’nggi paytda guruh a’zolari TV kanallari orqali nega ko’rinmay qoldi? Yoki ular san’atni tark etishadimi? Shu va boshqa taxminlarga oydinlik kiritish maqsadida «100%» guruhi a’zolari bilan bog’landik…

«100%» guruhi a’zolari Timur hamda Sherzod san’atdan to’xtamaganliklarini aytib o’tishdi. Shunchaki kelajakda to’xtab qolmasdan ijod qilishligi uchun repertuarni boyitish bilan ovora ekanliklarini ta’kidlashdi. Hozirda guruh a’zolari yana 5 ta tarona ustidagi ishlarni o’z nihoyasiga yetkazishganini ma’lum qilishdi. Ha darvoqe, hit darajasiga ko’tarilib ulgurgan «Qattan shuncha mahorat» taronasiga ishlangan klipni yana kelayotgan haftadan TVM kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *