Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Noy, 2011

1 dekabrda «New Star»dan 2ta prem'era!

Sardor RahimxonO'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon boshchiligidagi «New Star Media» prodyuserlik markazi 1 dekabr sanasida o'z muxlislariga 2 qo'shiq prem'erasini taqdim etadilar. Ulardan biri Sardor Rahimxondan bo'lsa, ikkinchisi Bayondan!

Sardor Rahimxon 1 dekabr kuni o'zining «Afsus» deb nomlangan taronasini taqdim etadi. Mazkur qo'shiq Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Zulhumor Sobirova so'zi, Jasur Badalboev aranjirovkasi bilan ijro etilgan. Berilayotgan ma'lumotlarga ko'ra mazkur qo'shiqda siz Sardor Rahimxonni tanimay ham qolishingiz mumkin ekan!

Ikkinchi prem'era esa Bayondan! Bayonning bu taronasi, yakkaxon xonanda sifatida ijro etgan ilk qo'shig'i bo'lib tarixdan o'rin egallaydi. Qo'shiq matni Bobur Umarov ijodidan, musiqasi esa Ma'mur Sultonovga tegishli. Bu tarona nafaqat oddiy bir qo'shiq hisoblanadi, balki «Aql va orzu» nomli yangi film uchun saundtrek sifatida ham keng ommaga namoyon etiladi.

Bu ikki taronaning prem'erasi 1 dekabr kuni yurtimizning barcha radioto'lqinlari uzra bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *