1 avgust kuni prem’era: Umar Shamsiev — «Atirgul»!!!
Xushovoz xonanda Umar Shamsiev ijodiy yangiliklarini yetkazishda davom etamiz. Bir necha kun ilgari siz azizlarga Umar Shamsiev ijrosidagi «Atirgul» taronasiga klip suratga olinayotganligini ma’lum qilgan edik. Klipni suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlarni ham taqdim etgan edik.
Mana bugun esa ushbu qo’shiqning prem’erasi haqida sizlarga xabar bermoqdamiz. 1-avgust kuni fm to’lqinlarida tinglang Umar Shamsievdan «Atirgul» taronasi. Soat 17:20da «O’zbegim taronasi» radiosida, 19:40da «Vodiy sadosi» radiosida, 20:30da «Navro’z» radiosida mazkur taronani ilk bor tinglashingiz mumkin. Prem’erani o’tkazib yubormang!!!