1-avgust abiturientlar uchun katta sinov!
Barcha abiturientlar 1-avgust sanasini intizorlik va katta hayajon bilan kutishadi. Chunki 1-avgust sanasida Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari o'tkazilishi an'anaga aylanib qolgan… Bu yil kimlar abiturient sifatida imtihon topshirmoqda? Bilishni istaysizmi?…
Birgina Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti miqiyosida olib qaraydigan bo'lsak, ushbu oliy ta'lim muassasasining «Ijtimoiy-madaniy faoliyat» fakultetiga estradamizning yorqin ijodkori Abdulla Qurbonov, «Afruz» guruhining yakkaxonlari Muzaffar va Jamshid, «O'zbegim taronasi» radiosining ajoyib RJ laridan biri DJ MIX o'zining hujjatlarini topshirgan. Ular birinchi bosqich imtihonlari muvaffaqiyatli topshirib, endilikda 1 avgust kuni bo'lib o'tadigan test imtihonlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ularning barchasiga omad tilab qolamiz.