Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Yan, 2013

«Temir odam 3» filmi mayda ekran yuzini ko’radi

Iron Man 3«Jahon kinosi» ruknida dunyoning eng mashhur filmlaridan biri «Temir odam» filmining treylerini taqdim etmoqdamiz. Qiziqarli film. Aniqroq qilib aytganda juda ham qiziqarli filmning yangi qismi treyleriga ham qiziqish yuqori bo’lishiga shubha yo’q. Xo’sh, «Temir odam 3″ filmi qanday voqealar rivoji bilan davom etadi?

Endi film qahramoni Stark yana qanday qiyinchiliklarni yengib o’tishiga to’g'ri keladi? «Marvel» studiyasi tomonidan suratga olingan yangi kinokartina avvalgi qismlaridan ham qiziqarliroq va tomoshabinbop bo’la oladimi? Shu va shu kabi bir qancha savollarga mana shu qisqagina film treyleridan javob olishingiz mumkin. Albatta, quyida keltirilgan fotosuratlar ham sizni e’tiboringizni tortishiga shubha yo’q. Robert Dauni Kch. ijrosidagi hamma filmlar, ayniqsa mana shu «Temir odam» filmining har bir qismi juda ham qiziqarli tarzda chiqadi. So’zlarimizga ishonmasangiz, 2013 yil may oyida «Temir odam 3″ filmini tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 3 870 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *