Silvestr Stalonni hammani ortda qoldirdi!
Jahon kinomatografiasining jangari filmlarida bosh rollarni ishtirok etgan aktyorlar o'rtasida «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazildi. Unga ko'ra, Sivestr Stalonni 1976 yilda «Rokki» hamda 1982 yilda «Rembo» filmlaridagi ishtirok etgan rollarini qoyil-maqom tarzda o'ynagani uchun 1-o'ringa loyiq deb topildi.
2-o'rin yana bir amerikalik Aktyor Bryus Uillisga nasib etdi. Bu aktyor 1988 yilda ishlangan «Krepkiy oreshyok» filmidagi roli uchun ikkinchi o'rinni olgan bo'lsa, 3-o'ringa, ko'pchilik taniydigan aktyor Arnold Shvarsnegger 1984 yilda xitga aylangan «Terminator» filmidagi roli uchun loyiq topildi. 4-o'rin, Linda Xemiltonga, 5-o'rin, Jan-Klod Van Dammga, 6-o'rin, Stiven Sigalga hamda 7-o'rin, Chak Norrislarga nasib etdi.