Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Royal Cinema»da yangi yilga yangi kino!!!
4 Yan, 2015

«Royal Cinema»da yangi yilga yangi kino!!!

Royal Cinema Isxod sari i bogiSB.uz portali «Royal Cinema» kinoteatri bilan hamkorlikni davom ettiradi. Mazkur kinoteatrda jahonning eng oldi filmlari prem’eralari va namoyishlari bo’lib o’tishi haqida sizlarga avval ham xabar berganmiz. 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab «Royal Cinema»da yana bir yangi Gollivud filmi namoyish etilmoqda.

‘Gladiator» kinokartinasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan «Isxod: Sari i bogi» («Yurish: Shoxlar va xudolar») nomli kinofilmga tomoshabinlarda qiziqish juda katta. Filmda Muso payg’ambar davri namoyish etiladi. Firavnning qattiqqo’lliklari va uning yurishi ko’rsatilgan. Kinokartina juda ham yuqori sifatda suratga olingan bo’lib, uni suratga olishga 140 million dollar sarf qilingan. 3 dekabrda jahon kinoteatrlarida namoyishi boshlangan mazkur film 1 oy ichida 155 milliondan ko’p pul to’play olgan. To’g'ri, filmda kamchiliklar yetarli, ba’zi holatlarni noto’g'riroq talqin etishgan. Biroq, kartinaga umumiy hisobda yaxshi baho berish mumkin. «Royal Cinema» kinoteatriga nafaqat oddiy xalq, balki yulduzlar ham ketma-ket tashrif buyurishmoqda. Kecha SB.uz portali ijodiy jamoasi tashrif buyurgan paytda Shohruh, Oybek va Nigora, Umidaxon, Farruh Ahmedov kabi bir qator shou-biznes olami vakillarini ko’rishingiz mumkin edi. Barcha kinoshinavandalarni «Royal Cinema»ga taklif qilib qolamiz. Madaniy xordiq chiqarish payti keldi, azizlar!!!


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi, Tanlanganlar | 699 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *