Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Royal Cinema»da «Xobbit: 5ta armiyaning jangi»!!!
11 Dek, 2014

«Royal Cinema»da «Xobbit: 5ta armiyaning jangi»!!!

Royal Cinema Hobbit«Royal Cinema» kinoteatri jahon kinosi durdonalari prem’erasini taqdim etishda davom etadi. Bugun «Samarqand Darvoza» savdo markazida joylashgan «Royal Cinema» kinoteatrida «Xobbit: 5ta armiyaning jangi» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi.

Mazkur kinoasar «Xobbit» triologiyasining yakuniy, uchinchi qismi bo’lib, 5ta armiyaning jangini namoyish etadi. Film fentezi hamda sarguzasht janrida suratga olingan. 2 soatu 24 daqiqadan iborat mazkur filmni «Royal Cinema» kinoteatrida tomosha qilar ekansiz, undagi 3D namoyishidan, filmning dolby surround 7.1 tizimidagi ovozlardan zavqlanmay iloj yo’q. Bu kabi yuqori sifatdagi filmni tomosha qilish sizlarga haqiqiy madaniy xordiqni taqdim etadi. «Xobbit: 5ta armiyaning jangi» kinokartinasi haqida batafsil ma’lumot berib o’tirmaymiz, zero bu haqidagi ma’lumotlarni internet orqali kinoga oid istalgan saytdan topishingiz mumkin. Darvoqe, bugun «Royal Cinema» kinoteatri jahon kinosi durdonalari prem’eralaridagi eng ko’p tomoshabinlarni mazkur filmda to’plaganini ham alohida ta’kidlab o’tish o’rinli. Tashrif buyurgan tomoshabinlar orasida taniqli shaxslarni ham ko’rishingiz mumkin edi. Biz tashrif buyurganimizda Otabek Mahkamovni ham uchratib qoldik. Demak, yangi kinokartinaga qiziqish san’at olami vakillarida ham yuqori!!!


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 591 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *