Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Yan, 2013

«O’tda yonmas 5» 14 fevraldan namoyish etiladi

Die Hard 5Gollivud kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «O’tda yonmas» («Die hard») o’tkir syujetli filmini tomosha qilmagan kinoixlosmand topilmasa kerak. Mana shu filmning ilk qismi 1988 yilda ekran yuzini ko’rgan bo’lsa, shu kunga qadar «O’tda yonmas» filmining 4ta qismi suratga olingan. Bu yil esa mazkur qiziqarli filmning 5-qismi ham taqdim etiladi.

Barchamiz bilamizki, ushbu kinokartinada bosh qahramon rolini Gollivudning taniqli aktyori Bryus Uillis maromiga yetkazib ijro etadi. Mana navbatdagi qismda ham biz uning aktyorlik mahoratidan bahramand bo’lishimiz mumkin. Filmning 5-qismi «O’lish uchun yaxshi kun» deb nomlandi. Film voqealari Moskva shahrida bo’lib o’tadi. Bosh qahramon Jon MakKleyn va uning o’g'lini qanday voqealar kutmoqda? Odatga ko’ra bu safar ham Jon MakKleyn dunyoni qutqarish uchun kurash olib boradimi? Bu savollarga filmni tomosha qilib javob olishingiz mumkin. Hozircha esa treylerni tomosha qilamiz. Filmning jahon prem’erasi 14 fevral kuniga mo’ljallangan.


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 2 157 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *