Maykl Duglasni rak kasali bezovta qilmoqda!
— Shifokorlar gollivudning 65 yoshli mashhur aktyori Maykl Duglas (Michael Douglas) og'ir kasallikka chalinganligini ta'kidlashmoqda, — deb xabar bermoqda Duglasninng matbuot kotibi AQShning «People» jurnaliga! Shifokorlar hulosasiga ko'ra, Maykl endi 8 hafta shifonada davolanishi kerak ekan.
1987 yilda «Uoll-strit» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotiga loyiq topilgan aktyorning kayfiyati hozircha judayam yaxshi. Esingizda bo'lsa, Duglasning 31 yoshli farzandi Kemeron Duglas joriy yilning aprel oyida narkotika bo'yicha qo'lga tushib 5 yil ozodlikdan mahrum qilingan edi. Shifokorlar bu holat ham aktyorga ruhiy ta'sir qilganligini ta'kidlashmoqda. Shu yilning kuzida esa Maykl Duglas ishtirokidagi «Uoll-strit 2″ filmining premeyrasi bo'ladi.